Sport

JCh-2026 start oldi: Meksika Janubiy Afrikani 2:0 hisobida mag‘lub etdi

Mazkur g‘alaba Meksika terma jamoasi uchun Jahon chempionatining ochilish o‘yinidagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

JCh-2026 start oldi: Meksika Janubiy Afrikani 2:0 hisobida mag‘lub etdi

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati rasman start oldi. Turnirning ochilish uchrashuvida mezbonlardan biri bo‘lgan Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Mexiko shahridagi Estadio Azteca stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda meksikaliklar o‘yin boshidanoq tashabbusni o‘z qo‘liga olgan. Uchrashuvning 9-daqiqasida Xulian Kinyones raqib himoyasidagi xatodan unumli foydalanib, hisobni ochgan.

 

Ikkinchi bo‘lim boshida Janubiy Afrika bir futbolchisidan ayrilgan. 67-daqiqada esa Raul Ximenes boshi bilan kiritgan gol orqali mezbonlarning ustunligini mustahkamlagan.

 

Uchrashuv davomida hakam uch nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan. Janubiy Afrika ikki futbolchisini maydondan chetlatilgan holda yakunlagan bo‘lsa, Meksika safida ham bir o‘yinchi qizil kartochka olgan.

 

Mazkur g‘alaba Meksika terma jamoasi uchun Jahon chempionatining ochilish o‘yinidagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

 

2026-yilgi FIFA Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkaziladi. Turnir tarixida ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.