O'zbekiston

Surxondaryoda uch nafar 18 yoshli yigit cho‘kib ketdi

Ulardan 2 nafarining jasadi topilgan bo‘lib, yana birining jasadini qidirish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryoda uch nafar 18 yoshli yigit cho‘kib ketdi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida daryoga cho‘milishga borgan o‘smirlardan uch nafari cho‘kib ketdi. Bu haqda Surxondaryo FVB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa Namuna mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Surxondaryo daryosida sodir bo‘lgan. 2008-yilda tug‘ilgan 6 nafar yigit daryo bo‘yiga borgan. Ulardan besh nafari cho‘milish uchun suvga tushgan, bir nafari esa qirg‘oqda qolgan.

 

Daryodagi kuchli oqim sabab suvga tushgan yigitlar xavfli vaziyatga tushib qolgan. Hodisa vaqtida yaqin atrofdagi fuqarolar ikki nafar o‘smirni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan, biroq qolgan uch nafar yigitni suv oqimi olib ketgan.

 

Voqea joyiga qutqaruvchilar va g‘avvoslar jalb etilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida ikki nafar yigitning jasadi topilgan va suvdan olib chiqilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda oqim olib ketgan uchinchi o‘smirning jasadini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

YTHga avtomobil rul boshqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezidentni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.