Sport

Xitoyning Buyuk Xitoy devorida O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash tadbiri o‘tkazildi

Tadbirda nafaqat vatandoshlar, balki Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda boshqa mamlakatlar vakillari ham qatnashib, O‘zbekiston futbolchilariga omad tiladi.

Xitoyning Buyuk Xitoy devorida O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash tadbiri o‘tkazildi

 

Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xitoy poytaxti Pekin shahrida, dunyoning eng mashhur tarixiy obidalaridan biri — Buyuk Xitoy devorida maxsus tadbir tashkil etildi.

 

Tadbir O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan.Tashkilotchilar mazkur maskan bejiz tanlanmaganini, Buyuk Xitoy devori qat’iyat, matonat va g‘alabaga bo‘lgan bukilmas irodaning ramzi ekanini ta’kidlagan.

 

Aksiya davomida ishtirokchilar milliy liboslarda va O‘zbekiston davlat bayroqlari bilan Buyuk Xitoy devoriga ko‘tarilib, milliy terma jamoaga omad tilashgan. Tadbirda nafaqat vatandoshlar, balki Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda boshqa mamlakatlar vakillari ham qatnashib, O‘zbekiston futbolchilariga o‘z tilaklarini bildirgan.

 

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqqani nafaqat mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo uchun tarixiy voqea ekanini qayd etib, terma jamoaga musobaqada muvaffaqiyat tilashgan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 18-iyun kuni o‘tkazadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.