O'zbekiston

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat universitetlariga o‘qishni ko‘chirish tartibi belgilandi

Hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa yoki noto‘g‘ri ma’lumot kiritilsa, ariza rad etilishi mumkin.

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat universitetlariga o‘qishni ko‘chirish tartibi belgilandi

 

Hukumatning tegishli qarori bilan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi vakolatli davlat organi etib Bilim va malakalarni baholash agentligi belgilandi.

 

Reglamentga muvofiq, talabalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Agentlikning maxsus elektron platformasi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshirishlari mumkin.

 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar 15-iyuldan 6-avgustga qadar ko‘rib chiqiladi hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizani qabul qilish yoki rad etish yuzasidan qaror qabul qilinadi.

 

Arizani rad etish uchun hujjatlarning to‘liq taqdim etilmagani, noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgani yoki belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagani asos bo‘ladi.

 

Qabul yoki rad etish haqidagi qaror talabaga elektron platformalar orqali yuboriladi. Imtihon natijalari esa QR-kod shaklida rasmiylashtirilib, test sinovlari yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida talabgorga taqdim etiladi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"