O'zbekiston

“Narkojinoyatlarga qarshi kurashda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilganini ma’lum qilib, ota-onalarni bu tahdidga qarshi kurashda faol bo‘lishga chaqirdi.

“Narkojinoyatlarga qarshi kurashda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q” — Saida Mirziyoyeva

 

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva narkotik vositalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonun qabul qilinganini bildirib, ota-onalarni bu muammoga qarshi kurashda faol bo‘lishga chaqirdi.

 

Uning ta’kidlashicha, yaqinda qabul qilingan qonun bilan yashirin narkolaboratoriyalar va bangixonalar tashkil etish, narkojinoyatlarga homiylik qilish, giyohvandlik vositalarini internet orqali yoki transmilliy tarmoqlar yordamida tarqatish kabi og‘ir qilmishlar uchun yangi javobgarlik choralari joriy etilgan. Endilikda bunday jinoyatlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

 

Shuningdek, uyushgan narkojinoyatchilik uchun javobgarlik sezilarli darajada kuchaytirilgan. Yangi tartibga ko‘ra, narkojinoyat sodir etgan shaxslar muddatidan oldin ozodlikka chiqarilmaydi va jazoni to‘liq o‘taydi.

 

Saida Mirziyoyeva voyaga yetmaganlarni giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishga undash og‘ir jinoyat sifatida baholanishini qayd etgan. Endilikda bunday qilmishlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ta’lim muassasalari, talabalar yotoqxonalari va bolalar oromgohlarida yoshlarni narkojinoyatlarga jalb qilgan shaxslarga nisbatan ham qat’iy choralar qo‘llanadi.

 

Prezident Administratsiyasi rahbari mazkur qonun jinoyatchilarni jazolash bilan birga, xalq salomatligi, millat genofondi va yoshlar kelajagini himoya qilishga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

U ota-onalarni farzandlari hayotiga befarq bo‘lmaslikka, narkotiklar tahdidiga qarshi kurashda davlatning eng yaqin tayanchi bo‘lishga chaqirib, “Bolalarimiz kelajagi — millatimiz kelajagi. Bu kurashda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q”, deya ta’kidlagan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"