O'zbekiston

Toshkentda 20 yoshli qizni Dubayga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo'lga olindi

Gumonlanuvchi qizga chet eldagi tanishlari orqali yuqori daromadli ish topib berishni va’da qilgan.

Toshkentda 20 yoshli qizni Dubayga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo'lga olindi

Ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi 25 yoshli ayol qo‘lga olingan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Dubay shahrida yashovchi tanishlari bilan jinoiy til biriktirib, Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yashovchi 20 yoshli fuqaroning ishonchiga kirgan. Gumonlanuvchi unga xorijda yuqori maoshli ish o‘rinlari mavjudligini aytib, chet elga jo‘natishga uringan.

 

Aniqlanishicha, aslida jabrlanuvchini Birlashgan Arab Amirliklariga jinsiy ekspluatatsiya maqsadida olib chiqish rejalashtirilgan. U Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubayga jo‘natilayotgan vaqtda tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan holatga chek qo‘yilgan.

 

Shuningdek, tergov davomida jabrlanuvchini Dubay shahrida boshqa bir O‘zbekiston fuqarosi kutib olishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish bo‘yicha tezkor-tergov tadbirlarini davom ettirmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"