Sport

JCH-2026: Belgiya–Misr bahsida avtogol Misrni g‘alabadan mahrum qildi

G guruhidagi Belgiya–Misr uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi.

JCH-2026: Belgiya–Misr bahsida avtogol Misrni g‘alabadan mahrum qildi

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining G guruhi 1-turidan o‘rin olgan Belgiya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.

 

AQShning Sietl shahridagi “Lumen Field” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda jamoalar 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. Uchrashuvni braziliyalik hakam Ramon Abatti boshqarib borgan.

 

Hisob 20-daqiqada misrlik futbolchi Imam Ashour tomonidan ochilgan. Misr terma jamoasi uzoq vaqt davomida ustunlikni saqlab turgan bo‘lsa-da, 66-daqiqada himoyachi Mohamed Hany tomonidan kiritilgan avtogol belgiyaliklarga muhim ochko keltirgan.

 

Shu tariqa, har ikki jamoa guruh bosqichini bir ochkodan boshlagan. G guruhidagi yana bir uchrashuvda Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

 

Ikkinchi turda Belgiya Eron bilan, Misr esa Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi. Guruh bosqichining so‘nggi turida esa Misr Eron bilan, Belgiya esa Yangi Zelandiya bilan maydonga tushadi.

 

2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Musobaqa 11-iyunda start olib, 19-iyul kuni yakuniga yetadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.