Sport

JCH-2026dagi ilk sensatsiya: Ispaniya Kabo-Verdeni yenga olmadi

Ispaniya tomonidan 27 ta zarba berilganiga qaramay, o'yin 0:0 hisobidagi kutilmagan durang bilan yakunlandi.

JCH-2026dagi ilk sensatsiya: Ispaniya Kabo-Verdeni yenga olmadi

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ilk yirik sensatsiyalardan biri qayd etildi. Musobaqa favoritlaridan biri sanalgan Ispaniya terma jamoasi guruh bosqichidagi dastlabki uchrashuvda Kabo-Verdega qarshi bahsda g‘alaba qozona olmadi.

 

Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bahs davomida ispanlar maydonda to‘liq ustunlikka ega bo‘lib, raqib darvozasi tomon 27 marta zarba yo‘llagan. Shunga qaramay, Kabo-Verde darvozaboni Vozinha ishonchli o‘yin namoyish etib, o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya to‘pga egalik qilish bo‘yicha 74 foizlik ustunlikka erishgan, kutilayotgan gollar (xG) ko‘rsatkichi esa 2,29 ni tashkil etgan. Kabo-Verde esa atigi 6 ta zarba yo‘llab, 0,30 xG qayd etgan.

 

Ispaniya safida Pedri, Ferran Torres, Mikel Oyarzabal va Dani Olmo bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, gol urishning uddasidan chiqa olmagan. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Lamine Yamal va Niko Villiams ham hisobni o‘zgartira olmagan.

 

Qayd etilishicha, Kabo-Verde futbolchilari uchrashuv davomida atigi bitta qoidabuzarlik sodir etgan. Bu esa 1966-yildan buyon Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.

 

Durangga qaramay, Ispaniya terma jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi 32 ta o‘yinga yetdi. Biroq jamoa Jahon chempionatini kutilmagan ochko yo‘qotish bilan boshladi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"