Siyosat

O‘zbekiston va Albaniya rahbarlari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi

Muzokaralar yakunida Prezidentlar Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdi.

O‘zbekiston va Albaniya rahbarlari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi

 

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti va Albaniya Prezidenti rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.

 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Albaniya munosabatlari tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu sammit ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidlagan.

 

Muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, agrosanoat majmui, “yashil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari, raqamlashtirish va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta yer dengizi bozorlariga eksport qilishda Albaniyaning Durres portidan logistika markazi sifatida foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib olingan.

 

Tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, Hukumatlararo komissiya tashkil etish hamda uning ilk yig‘ilishini joriy yilda Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishishgan.

 

Madaniy-gumanitar yo‘nalishda esa Madaniyat kunlari, kino haftaliklari, ko‘rgazmalar va ijodiy almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etilgan.

 

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Bayram Begay Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdi. Ushbu ramziy tadbir O‘zbekiston va Albaniya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarining mustahkamlanib borayotganini ifodaladi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Albaniya rahbarlari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi | Zamon.uz