Siyosat

Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keldi

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari o‘tkaziladi.

Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi.

 

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston – Germaniya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

 

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi, energetika va “yashil” texnologiyalar, transport va logistika, farmatsevtika hamda kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratadilar.

 

Shuningdek, ta’lim va gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish masalalari ham kun tartibidan o‘rin olgan. Muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilishi kutilmoqda.

 

Tashrif doirasida bir qator yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keldi | Zamon.uz