Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vazirini qabul qildi

Uchrashuvda iyul oyidagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va Aqtau shahridagi hududlar rahbarlari Kengashiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vazirini qabul qildi

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida Oljas Bektenov davlat rahbariga Qasim-Jomart Toqayevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar barcha darajalardagi faol muloqot va hamkorlikning izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani, shuningdek, yaqinda qabul qilingan yangi “yo‘l xaritasi” asosida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, iyul oyida o‘tkaziladigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda Qozog‘istonning Aqtau shahrida bo‘lib o‘tadigan hududlar rahbarlarining birinchi Kengashiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.