Siyosat

Toshkent investitsiya forumi: 100 mamlakatdan 4 mingdan ziyod ishtirokchi

Forumda O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun 6 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi.

Toshkent investitsiya forumi: 100 mamlakatdan 4 mingdan ziyod ishtirokchi

Bu yilgi Toshkent xalqaro investitsiya forumi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 4 mingdan ziyod ishtirokchini o‘zida jamladi. Nufuzli anjuman dasturi g‘oyat sermazmun bo‘lib, unda dolzarb global iqtisodiy masalalar muhokamasi, shuningdek, turli davlatlar hukumatlari va xalqaro tashkilotlar vakillari, yirik investorlar hamda ekspertlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘rin oldi.

 

Forum doirasida Shavkat Mirziyoyev mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlashga qaratilgan oltita ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi. Ushbu yo‘nalishlar orasida kapital bozorini rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish hamda investorlarning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish kabi muhim vazifalar mavjud.

 

Shuningdek, O‘zbekiston o‘zining investitsiyaviy jozibadorligini izchil oshirib bormoqda. So‘nggi besh yil davomida mamlakat iqtisodiyotiga 123 milliard dollardan ortiq investitsiyalar jalb etildi. Endilikda asosiy vazifa — erishilgan kelishuvlarni real sektor, biznes va aholi farovonligiga xizmat qiluvchi amaliy loyihalarga aylantirishdan iborat ekani ta’kidlandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Toshkent investitsiya forumi: 100 mamlakatdan 4 mingdan ziyod ishtirokchi | Zamon.uz