Siyosat

Toshkentda Volkswagen avtomobillarini yig‘ish loyihasi ishga tushirildi

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida moliyaviy hamkorlik va grant dasturlarini nazarda tutuvchi kelishuvlar imzolandi.

Toshkentda Volkswagen avtomobillarini yig‘ish loyihasi ishga tushirildi

Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer muzokaralar yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilib, ko‘p qirrali O‘zbekiston–Germaniya hamkorligini yanada mustahkamlashga intilishlarini tasdiqladilar.

 

Davlat rahbarlari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirayotgan hamda yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan Germaniyaning yetakchi kompaniyalari vakillarini samimiy qutladilar.

 

Uchrashuv doirasida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda shaharlarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun grant mablag‘lari ajratish va imtiyozli moliyalashtirishni nazarda tutuvchi moliyaviy hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

 

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida bir qator qo‘shma investitsiya va ta’lim loyihalariga start berildi. Xususan, Toshkent shahrida “Volkswagen” avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish ishlab chiqarishini tashkil etish, Andijon viloyatida logistika markazini barpo etish, suyuq maishiy yuvish vositalari ishlab chiqarish, temir yo‘l sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash hamda zamonaviy imtihon markazlarini ochish kabi loyihalar shular jumlasidan.

 

Mazkur tashabbuslar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Toshkentda Volkswagen avtomobillarini yig‘ish loyihasi ishga tushirildi | Zamon.uz