O'zbekiston

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi

Prezident tomonidan Baxtiyor Islomovni Oliy sud raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida Senatga taqdimnoma kiritildi.

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Baxtiyor Islomovni Oliy sud raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi taqdimnoma Oliy Majlis Senatiga kiritildi.

 

Baxtiyor Islomov 2022-yil avgust oyida Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Oliy sud raisi etib saylangan edi. 

 

U mazkur lavozimiga qadar Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida sudya sifatida faoliyat yuritgan, shuningdek, 2020-yil noyabrigacha jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi lavozimida ishlagan.

 

Keyinchalik u prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Oradan bir yil o‘tib esa prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallagan.

 

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimida Kozimjon Komilovdan keyin ish boshlagan edi. Kozimjon Komilov sog‘lig‘i bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"