O'zbekiston

Navoiyda rulda uxlab qolgan Cobalt haydovchisi YTHga uchrab, vafot etdi

2026-yil boshidan buyon viloyatda haydovchilarning boshqaruv vaqtida uxlab qolishi bilan bog‘liq 10 ta YTH sodir bo‘lgan.

Navoiyda rulda uxlab qolgan Cobalt haydovchisi YTHga uchrab, vafot etdi

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt avtomobili haydovchisi vafot etdi.

 

Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 10-iyun kuni yuz bergan. Haydovchi charchoq sabab avtomobilni boshqarayotgan vaqtida uxlab qolgan va oqibatda transport vositasi YTHga uchragan.

 

Haydovchiga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, u shifoxonada vafot etgan.

 

Mazkur hodisa yuzasidan haydovchining ish joyida muhokama o‘tkazilib, avariyaga olib kelgan omillar tahlil qilingan. Mutasaddilar tomonidan haydovchilarga charchoq holatida rulga o‘tirmaslik, tezlikni oshirmaslik hamda uzoq safarga chiqishdan oldin yetarlicha dam olish tavsiya etilgan.

 

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon Navoiy viloyatida haydovchilarning boshqaruv vaqtida uxlab qolishi bilan bog‘liq 10 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, yana 12 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"