Siyosat

O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari uchrashdi

Germaniya birinchi xonimi O‘zbekistondagi inklyuziv ta’lim tizimini yuqori baholadi.

O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari uchrashdi

 

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Germaniya Birinchi xonimi Elke Byudenbenderning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Muloqotdan so‘ng birinchi xonimlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv xab faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Tashrif davomida mehmonlarga mazkur markazning inklyuziv kasbiy ta’limni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda yoshlar, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va ko‘nikmalarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumot berildi.

 

Davlat rahbarlarining rafiqalari markazdagi o‘quv ustaxonalari va loyihalari bilan tanishib, tahsil olayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar.

 

Germaniya birinchi xonimi Elke Byudenbender O‘zbekistonda inklyuziv jamiyatni shakllantirish, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va yoshlar uchun teng imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni yuqori baholadi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari uchrashdi | Zamon.uz