Siyosat

O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi loyihalar portfeli 7 milliard dollardan oshdi

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi loyihalar portfeli 7 milliard dollardan oshdi

 

18-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuvda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda strategik sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlik bugungi kunda eng yuqori darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Hozirda mamlakatimiz bankning mintaqadagi eng yirik hamkori hisoblanadi. Ustuvor yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalar portfeli 7 milliard dollardan oshgani, investitsiyalarning asosiy qismi xususiy sektorni rivojlantirishga yo‘naltirilgani alohida ta’kidlandi.

 

Ekologik transportni rivojlantirish, temir yo‘l infratuzilmasini raqamlashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ipoteka bozori hamda startaplar ekotizimini rivojlantirish sohalarida yangi kelishuvlar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Joriy yilda kichik va o‘rta biznesni kreditlash hajmini kengaytirish, eksportni moliyalashtirish, ayollar va yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek, bank-moliya tizimini transformatsiya qilish jarayonlarida YTTB ishtirokini kuchaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

 

Ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda transport infratuzilmasi sohalarida davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni ilgari surish rejalari ham qo‘llab-quvvatlandi.

 

Shuningdek, loyihalarni tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarini keng jalb etishdan manfaatdorlik bildirildi.

 

Uchrashuvda Xorijiy investorlar kengashining bo‘lajak to‘rtinchi yig‘ilishi kun tartibiga doir masalalar ham ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Serbiyaga boradi

Belgradda O‘zbekiston va Serbiya rasmiylari hamda ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

Prezident Jorja Melonini Italiya hukumati rahbari lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatarda “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi

Shuningdek, Doha shahrida qatarlik yetti nafar hunarmandning O‘zbekistonga ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham ochildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” formati va BMT o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formati doirasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"