Siyosat

Toshkent va Masqat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi iqtisodiyot vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Toshkent va Masqat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan O‘mon Sultonligi iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning davlat rahbariga samimiy salomi yetkazildi.

 

Muloqot davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar faollashib borayotgani, tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘sayotgani qayd etildi. O‘zbekiston–O‘mon investitsiya kompaniyasi ishtirokida bir qator muhim loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

 

Shuningdek, kelgusida poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

 

Tomonlar joriy yilda Masqat shahrida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib oldilar.

 

Uchrashuvda transport, logistika, geologiya, elektron tijorat, raqamli infratuzilma hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoydagi tabiiy ofatlar qurbonlarining oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi.

custom img

ICESCO bosh direktori Salim al-Malik “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Joriy yilda Toshkentda ICESCO ofisi ochildi, Oʻzbekistonning 7 ta meros obyekti tashkilot roʻyxatiga kiritildi.

custom img

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini qabul qilib, unga davlat mukofotini topshirdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Aleksandr Lukashenko kuzatib qo‘ydi.

custom img

O‘zbekiston va Belarus strategik sheriklikni yo‘lga qo‘ydi, qator hujjatlar imzolandi

Tomonlar savdo, mehnat migratsiyasi, madaniyat, turizm, qishloq xo‘jaligi, fan va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentini O‘zbekistonga taklif etdi

O‘zbekiston va Belarus o‘zaro savdoni 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

custom img

Minskda O‘zbekiston Prezidenti rasmiy kutib olindi

Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari Minskda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda bo‘lajak muzokaralar kun tartibi hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"