Sport

62 zarba va birorta gol yo‘q: Turkiya mundialda anti-rekord qayd etdi

Turkiya terma jamoasining dastlabki ikki o‘yindagi samarasizligi Jahon chempionati tarixida yangi anti-rekord sifatida qayd etildi.

62 zarba va birorta gol yo‘q: Turkiya mundialda anti-rekord qayd etdi

Turkiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida anti-rekord qayd etdi. Bu haqda Opta statistika portali ma’lumotlariga tayanib xabar berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, turk futbolchilari guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvda raqib darvozasi tomon jami 62 marta zarba yo‘llagan bo‘lsa-da, birorta gol ura olmagan. Opta 1966-yildan buyon yuritib kelayotgan statistikaga ko‘ra, bu Jahon chempionati tarixidagi ikki o‘yinlik davr uchun eng yomon natija hisoblanadi.

 

Turkiya terma jamoasi birinchi turda Avstraliyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda Paragvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Shu tariqa jamoa guruh bosqichi yakunlanmasidan turib pley-off yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqib ketgan.

 

Shuningdek, Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya himoyachisi Abdulkarim Bardakchi bitta uchrashuvda 98 ta aniq uzatma amalga oshirib, Jahon chempionatida xatosiz uzatmalar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgan.

 

2026-yilgi Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 11-iyunda boshlangan bo‘lib, 19-iyulga qadar davom etadi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"