O'zbekiston

“Har bir sudya egnidagi mantiyasiga munosib bo‘lishi lozim” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Oliy sudning yangi raisi Robaxon Mahmudovani sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirdi.

“Har bir sudya egnidagi mantiyasiga munosib bo‘lishi lozim” — Saida Mirziyoyeva

22 iyun kuni Oliy sudning yangi raisi Robaxon Mahmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirildi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

 

 

“Prezidentimiz odamlar uchun eng muhim qadriyatlardan biri — adolat ekanini ko‘p bor ta’kidlaganlar. Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart. Zero, rivojlanish va farovonlikka qaratilgan har qanday islohot faqat mustaqil sudning ishonchli himoyasidagina chinakam kuchga ega bo‘ladi”, deya yozdi Mirziyoyeva 

 

 

Shuningdek, u hozirda Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan sud tizimi shakllantirilayotganini bildirib, amaldagi sudlar ham ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘z faoliyatiga joriy etishi muhimligini ta’kidladi.

 

"Tizim alohida shaxslarga bog‘lanib qolmasdan, kadrlar almashinuvidan qat’i nazar, soat mexanizmi kabi aniq va uzluksiz ishlashi kerak. Har bir sudya sharafi va sha’nini yuksak darajada saqlagan holda egnidagi mantiyasiga munosib bo‘lishi lozim", dedi u.

 

 

Yakunda u Robaxon Mahmudovaga faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"