O'zbekiston

Surxondaryoda sel Tojikistonga o‘tish ko‘prigini cho‘ktirdi

Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel jiddiy zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi.

Surxondaryoda sel Tojikistonga o‘tish ko‘prigini cho‘ktirdi

Surxondaryo viloyatining Sarosiyo tumanida kuchli yog'ingarchilik sabab sel hodisasi yuzaga keldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, 21-iyun kuni sel toshqini sel yo‘lidan oqib o‘tib, "Bog‘i Samarqand" va "Shirin" MFY hududida joylashgan bir nechta aholi xonadonlariga va tomorqalariga suv kirishi kuzatilgan. 

 

Shuningdek, yuzaga kelgan tabiiy ofat Saroisiyo tumanidagi O‘zbekiston va Tojikistonni bog‘lovchi M41 avtomobil yolidagi ko‘prikning cho‘kishiga sabab bo‘ldi. 

 

Bunga mutaxassislar yog‘ingarchilik oqibatida daryodagi suv sathi hamda oqim tezligi ortib, natijada avtoko‘prik tayanchlariga yuqori bosim tushib uning cho‘kishiga sabab bo‘lganini bildirmoqda. 

 

1977-yilda qurilgan mazkur ko‘prikdan hozirda harakatlanish cheklangan . Mashinalar harakati esa Uzun tumani hududidagi aylanma yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan.

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

YTHga avtomobil rul boshqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezidentni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.