O'zbekiston

Xavfsizlik kamari taqmaslikka ruxsat beruvchi tibbiy ma’lumotnoma onlayn berila boshlandi

Xizmatdan foydalanish uchun fuqaro avval tibbiyot muassasasida shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan bo‘lishi lozim.

Xavfsizlik kamari taqmaslikka ruxsat beruvchi tibbiy ma’lumotnoma onlayn berila boshlandi

Xavfsizlik kamari taqishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklarga ega fuqarolar uchun tibbiy ma’lumotnomani endilikda onlayn olish mumkin.

 

Ma’lum qilinishicha, xizmat orqali fuqarolar poliklinikaga qayta murojaat qilmasdan, navbat kutmasdan va qog‘oz hujjatlarsiz ma’lumotnomani elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.

 

Mazkur xizmat avtotransport boshqaruvida xavfsizlik kamarini taqishga to‘sqinlik qiluvchi kasallik tashxisi qo‘yilgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan.

 

Ma’lumotnomani olish uchun foydalanuvchi my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasiga kirib, “Ma’lumotnomalar” bo‘limidagi tegishli xizmatni tanlashi va hujjatni yuklab olishi kerak.

 

Xizmatdan foydalanish uchun fuqaro avval tibbiyot muassasasida shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Tibbiy xulosa elektron bazaga kiritilgach, ma’lumotnoma portalda avtomatik ravishda shakllanadi.

 

Ma’lumotnomaning amal qilish muddati tibbiy xulosada ko‘rsatilgan davr bilan belgilanadi. Xizmat bepul taqdim etiladi va uni olish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlangandi. Ro‘yxatga jarohatlar, og‘ir yurak-o‘pka kasalliklari va jismoniy holatlar kiritilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"