Siyosat

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Efiopiyadagi ilk elchisi Ashraf Xodjayev bir vaqtda Qatar va Janubiy Afrikadagi elchi ham hisoblanadi.

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi



O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan Ashraf Xodjayev Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti Taye Atske-Selassiega ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.



Rasmiy marosimdan so‘ng tomonlar O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Efiopiya rahbari O‘zbekistonning mamlakatdagi elchisi tayinlanganini mamnuniyat bilan qarshi olib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.



Ashraf Xodjayev uchrashuv davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Shuningdek, u savdo-iqtisodiy va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.



O‘z navbatida, Efiopiya Prezidenti O‘zbekiston rahbariga ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar uchun minnatdorlik bildirib, o‘z tilaklarini yo‘lladi.



Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1996-yil 15-iyulda o‘rnatilgan.



Ashraf Xodjayev 2024-yil fevral oyidan buyon O‘zbekistonning Qatardagi elchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. U 2025-yil oktyabridan boshlab o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Janubiy Afrikadagi elchisi sifatida ham akkreditatsiyadan o‘tgan.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.