O'zbekiston

“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi, bir bola vafot etdi

Tadbirga olib borish uchun avtobus ajratilganiga qaramay, ayrim o‘quvchilar Damasda yo‘lga chiqqan va ZIL yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi, bir bola vafot etdi

 

Andijon viloyatining Asaka tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Fojia oqibatida bir nafar o‘quvchi vafot etgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 14-maktab o‘quvchilari “Andijon polkasi” tadbiridan qaytayotgan vaqtida YTHga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 23-iyun kuni sodir bo‘lgan. Asaka tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan Andijon shahrida o‘tkaziladigan tadbirga qatnashuvchi o‘quvchilar uchun maxsus avtobus ajratilgan. Biroq bir guruh o‘quvchilar belgilangan transportdan foydalanmay, o‘zboshimchalik bilan Damas rusumli avtomobilda yo‘lga chiqqan.

 

Yo‘l davomida Damas avtomobili ZIL yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida o‘quvchilar turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlarning ko‘rsatgan tibbiy yordamiga qaramay, ulardan birining hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, qolgan o‘quvchilarning ahvoli qoniqarli bo‘lib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyatida “Turk dunyosining madaniy poytaxti — 2026” xalqaro tadbirlari doirasida o‘tkazilgan “Andijon polkasi” raqsi Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgani ma’lum qilingan edi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"