Sport

Futbolchilardan shikoyatim yo‘q, ular qo‘lidan kelganini qildi — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi futbolchilarni tanqid qilmasligini va ular bilan faxrlanishini ta’kidladi.

Futbolchilardan shikoyatim yo‘q, ular qo‘lidan kelganini qildi — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kongo DRga qarshi uchrashuv yakunlanganidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoa uchrashuvning birinchi bo‘limini yaxshi boshlagan va bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar ilk taymda katta hajmdagi jismoniy ishni bajargan.

 

Kannavaro ikkinchi bo‘limda yo‘l qo‘yilgan xatolar natijaga salbiy ta’sir ko‘rsatganini qayd etgan. Shuningdek, raqibning ham jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega jamoa ekanini ta’kidlagan.

 

Bosh murabbiy mazkur musobaqa o‘zi va futbolchilar uchun muhim tajriba bo‘lganini bildirib, bu kelgusidagi uchrashuvlar uchun qo‘shimcha motivatsiya berishiga ishonch bildirgan.

 

Shuningdek, u futbolchilar bilan musobaqa davomida muntazam muloqot qilganini, guruh bosqichidayoq kuchli raqiblarga qarshi o‘ynashlarini bilishganini aytgan. Murabbiy natijadan afsusdaligini bildirar ekan, futbolchilarni tanqid qilish niyati yo‘qligini ta’kidlagan.

 

"Men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi va men ular bilan faxrlanaman", — degan Fabio Kannavaro.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.