Sport

Kongo DR hozirda Afrika qit’asida kuchli jamoa sanaladi

Bugun futbol bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Bizning guruhda milliy terma jamoamiz Afrikaning Kongo DR jamoasi bilan o‘zaro kuch sinashdi.

Kongo DR hozirda Afrika qit’asida kuchli jamoa sanaladi

Afrikaning ushbu jamoasi so‘nggi paytlarda qanday natijalar ko‘rsatgani bilan qisqacha tanishib chiqsak. 2025 yilning oxirida saralash bosqichida dunyo futbolining nomdor vakillari Kamerun va Nigeriyani taslim etdi. Afrika kubogida Senegal bilan durang o‘ynadi. Shuningdek, barchamiz ko‘rdikki, Portugaliya kabi Yevropaning grandi, o‘rtoqlik o‘yinida Daniya ham bu jamoaga qarshi durang o‘ynab murosa yo‘lini tanladi.

 

Agar jamoa tarkibiga nazar tashlasak, tarkib har qanday jamoaga bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkinligi ko‘rinadi. Jamoa o‘yinchilari Nyukasl, Vest Hem, Real Betis, Espanyol, Uotford, Sanderlend, Bernli, Monpelye, Sent-Etyen kabi top jamoalarda faoliyat yuritishmoqda. Ba’zi mutaxassislar fikricha, bu jamoa turnirda har qanday tajribali termaga qarshi kurashuvchan futbol taklif etishga jismonan qodir.

 

Albatta, yurtdoshlarimiz Kongo DR ustidan g‘alaba qozonishimizni istashgan edi, biroq ishoning, bugungi o‘yinda garchi mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak-da, bizning yigitlar maydonda mardonavor kurash olib borishdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Alohida ta’kidlash kerak, ilk mundial hozirda doimiy ishtirok etib kelayotgan ko‘plab dunyo termalari uchun tajriba bosqichi sifatida kelgusi g‘alabalarga zamin bo‘lib xizmat qilgan. Bugungi yigitlarimiz shunchalik mehnat qilib, jahon chempionatida butun dunyoga O‘zbekiston iste’dodli futbolchilar yurti ekanini namoyon etishdi.

 

Asosiysi, futbolimiz hozirgidek shu tarzda rivojlanishda davom etsin. A. Husanov, O. O‘runov, E. Shomurodov, A. Fayzullayev, B. Karimov, J. O‘rozov, A. Mozgovoylar ortidan yana yosh yulduzlar yetishib chiqaversin.

 

Nasib bo‘lsa, kelgusi jahon chempionatlarida yuqori marralarni ko‘zlab, Yevropa grandlarini ham bizga qarshi hadiksirab maydonga chiqishga majbur qilamiz.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.