O'zbekiston

Surxondaryo va Andijonda elektr tizimidagi korrupsion holatlarga chek qo‘yildi

Elektr hisoblagichi va xizmat vazifasi evaziga pora olgan mansabdorlar qo‘lga olindi.

Surxondaryo va Andijonda elektr tizimidagi korrupsion holatlarga chek qo‘yildi

 

Surxondaryo va Andijon viloyatlarida elektr ta’minoti tizimida korrupsiyaga oid ikki holat fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga ma'lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Sho‘rchi tuman bo‘limi muhandisi xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, fuqaroga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan foydalanish bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan rasmiy dalolatnomani ko‘rib chiqmaslik, ishni sudga yubormaslik hamda yangi elektr hisoblagichini o‘rnatib, ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga 1 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

U dastlab 200 AQSH dollari va 1 million 50 ming so‘m olgan bo‘lsa, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar organlari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qolgan 500 AQSH dollari va 2,4 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Shuningdek, Andijon viloyatining Baliqchi tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalanib, korxona xodimlarining oylik faoliyat ko‘rsatkichlarini yuqori tashkilotdagi tanishlari orqali ijobiy baholatib berish evaziga pul talab qilgani aniqlangan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs 300 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"