O'zbekiston

O‘zbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi

Toshkent shahrida 10–19-iyul kunlari 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqa tarixda ilk bor Markaziy Osiyo mamlakatida tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston tarixda ilk bor nufuzli 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga (IChO) mezbonlik qiladi. Musobaqa 2026-yil 10–19-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

 

Ma'lumotlarga ko‘ra, olimpiadada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan eng iqtidorli maktab o‘quvchilari ishtirok etishi kutilmoqda. Ishtirokchilar nazariy va amaliy yo‘nalishlarda o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi hamda ilmiy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazadi.

 

Qayd etilishicha, mazkur olimpiadaning O‘zbekistonda o‘tkazilishi nafaqat mamlakatning xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini namoyish etish, balki iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

58-Xalqaro kimyo olimpiadasi Markaziy Osiyo tarixida ilk bor mintaqa davlatlaridan birida tashkil etilmoqda.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"