Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziyaga boradi

Tbilisda Gruziya Prezidenti hamda Bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziyaga boradi

 

Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2–3-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Gruziyada bo‘ladi.

 

Tashrif doirasida Tbilisi shahrida Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili hamda Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi do‘stlik hamda ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish yuzasidan fikr almashadi.

 

Shuningdek, sanoat, farmatsevtika, kimyo, qishloq xo‘jaligi, turizm, energetika va axborot texnologiyalari sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Muzokaralarda transport-logistika yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish, eksport geografiyasini rivojlantirish hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham kun tartibidan o‘rin oladi.

 

Davlat tashrifi yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev AQSh Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat ishbilarmonlik missiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

custom img

O‘zbekiston TIV Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

“Ukrainadagi barcha do‘stlarimizni Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklaymiz!” – deyiladi vazirlikning X’dagi sahifasida.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga an’anaviy o‘zbek ayvonlarini sovg‘a qildi

Donald Tramp ularni Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Prezident O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida qatnashish uchun Buxoro shahriga bordi.

custom img

Ilhom Aliyev rafiqasi bilan Buxoroga jo‘nab ketdi

Oliy martabali mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri, Toshkent shahar hokimi va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston rahbari Toqayevni Qozog‘iston tarixida ilk bor bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

custom img

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz” — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlarga yuqori baho berdi.

custom img

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Ziroat Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva Islom sivilizatsiyasi markazidagi tarixiy ekspozitsiyalar, jumladan, Usmon Mushafi bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"