Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziyaga jo‘nab ketdi
Tashrif doirasida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2-iyul kuni davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga jo‘nab ketdi.
Tashrif doirasida Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muloqotlar davomida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi do‘stlik hamda ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, davlat tashrifi dasturidan madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham o‘rin olga








