Siyosat

Gruziyada Alisher Navoiy haykali ochildi

Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Irakliy Kobaxidze ishtirok etdi.

Gruziyada Alisher Navoiy haykali ochildi

 

Gruziyaga davlat tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev hamda Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobakhidze Tbilisi shahrida o‘zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

 

Marosimda Alisher Navoiyning boy ilmiy va adabiy merosi nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun insoniyatning bebaho ma’naviy boyligi ekani alohida ta’kidlandi. Uning asarlari asrlar davomida insonparvarlik, ma’rifat, tafakkur va ezgulik g‘oyalarini targ‘ib etib, turli xalqlar va avlodlar uchun ilhom manbai bo‘lib kelayotgani qayd etildi.

 

Ta’kidlanganidek, Tbilisida Alisher Navoiy haykalining ochilishi O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik tarixidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Ikki xalqni azaldan do‘stlik, savdo aloqalari va o‘zaro hurmat rishtalari bog‘lab kelgani, bugungi kunda esa ushbu munosabatlar yangi mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonda buyuk gruzin shoiri Shota Rustaveli merosiga yuksak ehtirom ko‘rsatilayotgani, Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan biri uning nomi bilan atalishi hamda haykali o‘rnatilgani eslatib o‘tildi. O‘z navbatida, o‘tgan yili Tbilisidagi markaziy bog‘lardan biriga Alisher Navoiy nomi berilgani ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikning yana bir yorqin ifodasi ekani ta’kidlandi.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik izchil rivojlanib, Tbilisida O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlari, Toshkentda esa Gruziya madaniyati kunlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

 

Marosim yakunida Tbilisida qad rostlagan Alisher Navoiy haykali O‘zbekiston va Gruziya xalqlari o‘rtasidagi mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarining yorqin ramziga aylanishi ta’kidlandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.