Siyosat

Gruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze tor doirada va ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.

Gruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Gruziyaga davlat tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.

 

Uchrashuv avvalida davlat rahbari O‘zbekiston Prezidentining Gruziyaga yigirma yildan ortiq tanaffusdan so‘ng amalga oshirayotgan ushbu davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 

Muzokaralar davomida siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Tomonlar barcha darajalardagi muloqotlar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, hukumatlar, parlamentlar, ishbilarmon doiralar va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada faollashtirish muhimligini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, 2025-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 270 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich 100 million dollardan oshgan. Tomonlar yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish, eksport-importdagi nomutanosiblikni bartaraf etish hamda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar yetkazib berishni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi.

 

Transport va logistika yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston yuklarini tashishda Poti va Batumi portlari infratuzilmasidan faol foydalanish, Gruziyada logistika xabi, sanoat zonasi hamda O‘zbekiston mahsulotlari uchun shourum tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

 

Shuningdek, “Boku – Tbilisi – Kars” temir yo‘lini barpo etilayotgan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l magistrali bilan bog‘lash imkoniyatlarini o‘rganish taklif etildi.

 

Muzokaralarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, energetika, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari, raqamli bank xizmatlari hamda turizm yo‘nalishlarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston–Gruziya qo‘shma Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish taklif qilindi.

 

Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muzokaralarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Prezidentimiz Gruziya tomoniga Tbilisidagi bog‘lardan biriga buyuk mutafakkir Alisher Navoiy nomini berish haqidagi qaror uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, joriy yilda O‘zbekistonda qo‘shma ta’lim va turizm forumlarini o‘tkazish rejalashtirildi.

 

Muzokaralar yakunida O‘zbekistonning Gruziyadagi elchixonasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi hamda erishilgan barcha kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘shma “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi belgilandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.