Siyosat

Oʻzbekiston va Gruziya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi

Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan deklaratsiya va oʻndan ortiq memorandum hamda bitimlar imzolandi.

Oʻzbekiston va Gruziya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi

 

Gruziyaning Tbilisi shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev hamda Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobakhidze Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.

 

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

 

Imzolangan hujjatlar bojxona sohasida hamkorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish, kasbiy va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, 2026–2027-yillarga moʻljallangan hukumatlararo hamkorlik dasturi, 2027–2030-yillarga moʻljallangan madaniy hamkorlik dasturi, iqtisodiyot va moliya, qishloq xoʻjaligi, turizm, sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnat migratsiyasi, radiatsiyaviy himoya va yadroviy xavfsizlik kabi yoʻnalishlarni qamrab oldi.

 

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Gruziya Adliya vazirligi huzuridagi Milliy ijro byurosi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum ham imzolandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Oʻzbekiston va Gruziya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi | Zamon.uz