Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oliy martabali mehmonni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze kuzatib qoʻydi.

Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi yakunlandi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlandi.

 

Tashrif davomida davlat rahbari Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili hamda Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar oʻtkazdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Muzokaralar yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolandi. Bundan tashqari, ustuvor yoʻnalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami almashildi.

 

Davlat tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Gruziyaning oliy davlat mukofoti — "Oltin moʻyna" ordeni tantanali ravishda topshirildi.

 

Shuningdek, davlat rahbari Tbilisi shahrida oʻzbek xalqining buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimida ishtirok etdi.

 

Davlat tashrifi yakunlangach, Oʻzbekiston Prezidenti Toshkent shahriga joʻnab ketdi.

custom img

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi

custom img

Transport va tibbiyot loyihalari: Saida Mirziyoyeva DFC rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefonda gaplashdi

O'zbekiston rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi.

custom img

BMT bilan 166 ta qo‘shma loyiha: Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlik kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikka e’tibor qaratildi.

custom img

Rossiyadagi saylovlar: Shavkat Mirziyoyev Putinga tabrik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyadagi saylovlar mamlakat jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini namoyon etganini ta’kidladi.

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"