Sport

Erling Xoland dubli Braziliyani JCHdan chiqarib yubordi

Norvegiya tarixda ilk bor Jahon chempionati chorak finaliga chiqdi.

Erling Xoland dubli Braziliyani JCHdan chiqarib yubordi

 

2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Norvegiya terma jamoasi Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, tarixda ilk bor mundial chorak finaliga chiqdi.

 

AQShning Sharqiy Ruterford shahridagi MetLife stadionida o‘tkazilgan uchrashuvning bosh hakami Ismoil Elfat bo‘ldi.

 

Bellashuvning 14-daqiqasida braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraes penaltidan foydalana olmadi. Ikkinchi bo‘limda, 67-daqiqada Neymar maydonga tushdi.

 

Uchrashuv taqdiri so‘nggi daqiqalarda hal bo‘ldi. Norvegiya hujumchisi Erling Xoland 79-daqiqada hisobni ochdi, 90-daqiqada esa o‘zining ikkinchi golini urib, jamoasining ustunligini mustahkamladi. Qo‘shimcha daqiqalarda Neymar penaltidan gol urgan bo‘lsa-da, bu Braziliyani mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

 

Norvegiya chorak finalda Meksika – Angliya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Braziliya esa musobaqani 1/8 final bosqichida tark etdi.

 

Qayd etilishicha, bu Norvegiyaning Jahon chempionati tarixidagi ilk chorak finalidir. Braziliya esa 1990-yildan buyon ilk bor mundialni shunchalik erta bosqichda yakunladi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"