Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozog‘istonni barpo etish va O‘zbekiston–Qozog‘iston munosabatlarini mustahkamlashdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

 

Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni telefon orqali muloqotda Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va uzoq umr tiladi.

 

Davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozog‘istonni barpo etish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

 

Telefon muloqoti davomida O‘zbekiston va Qozogʻiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlik bugungi kunda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatarga yetib bordi

Tashrif doirasida Qatar Amiri bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan

custom img

Shavkat Mirziyoyev Toskana gubernatori boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Tomonlar Toskana va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi kutilmoqda

O‘zbekiston rahbarining tashrifi sobiq amirning vafoti munosabati bilan o‘tkaziladigan ta’ziya marosimlarida ishtirok etish maqsadida rejalashtirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoydagi tabiiy ofatlar qurbonlarining oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi.

custom img

ICESCO bosh direktori Salim al-Malik “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Joriy yilda Toshkentda ICESCO ofisi ochildi, Oʻzbekistonning 7 ta meros obyekti tashkilot roʻyxatiga kiritildi.

custom img

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini qabul qilib, unga davlat mukofotini topshirdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Aleksandr Lukashenko kuzatib qo‘ydi.

custom img

O‘zbekiston va Belarus strategik sheriklikni yo‘lga qo‘ydi, qator hujjatlar imzolandi

Tomonlar savdo, mehnat migratsiyasi, madaniyat, turizm, qishloq xo‘jaligi, fan va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"