Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentini O‘zbekistonga taklif etdi

O‘zbekiston va Belarus o‘zaro savdoni 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentini O‘zbekistonga taklif etdi

 

Minsk shahrida Shavkat Mirziyoyev va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.

 

Uchrashuv avvalida davlat rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, rasmiy tashrif arafasida Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari, siyosiy maslahatlashuvlar, ekspertlar uchrashuvlari hamda O‘zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

 

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotgani qayd etildi. So‘nggi besh yil davomida o‘zaro savdo hajmi qariyb uch barobar oshib, 2025-yil yakunlariga ko‘ra qariyb 1 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning o‘tgan davrida esa bu ko‘rsatkich yana 30 foizga o‘sgan. Ayni paytda ikki davlat ishtirokidagi 360 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

 

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha kelishuvlarni olqishlab, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, yengil sanoat, mebelsozlik va boshqa tarmoqlarda yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning tinch atom energetikasidan foydalanish va ushbu yo‘nalishda infratuzilmani rivojlantirish borasida Belarus tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirildi.

 

Muzokaralarda Minsk shahrida o‘tkazilgan uchinchi O‘zbekiston–Belarus hududlararo forumi yakunlari ham yuqori baholanib, uning doirasida savdo shartnomalari va investitsiya bitimlarining salmoqli paketi imzolangani qayd etildi.

 

Prezidentlar BMT, MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Qo‘shilmaslik harakati kabi xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga qatʼiy intilishlarini tasdiqladi.

 

Madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilinib, joriy yil yakuniga qadar qo‘shma turizm, tibbiyot va ta’lim forumlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

 

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentini O‘zbekistonga taklif etdi | Zamon.uz