Siyosat

ICESCO bosh direktori Salim al-Malik “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Joriy yilda Toshkentda ICESCO ofisi ochildi, Oʻzbekistonning 7 ta meros obyekti tashkilot roʻyxatiga kiritildi.

ICESCO bosh direktori Salim al-Malik “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

 

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I xalqaro forumi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi.

 

Uchrashuvda Oʻzbekiston va ICESCO oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish hamda hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.

 

Muloqot davomida xalqaro tashkilot bilan amaliy hamkorlik izchil kengayib borayotgani alohida qayd etildi. Xususan, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ICESCO kafedrasi faoliyat yuritmoqda, joriy yilda Toshkent shahrida tashkilotning mintaqaviy ofisi ish boshladi.

 

Shuningdek, joriy yil fevral oyida Islom olami madaniy merosi qoʻmitasining yigʻilishi yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyekti ICESCO roʻyxatiga kiritilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Tomonlar madaniy yodgorliklar va noyob qoʻlyozmalarni restavratsiya qilish, muhofaza etish va raqamlashtirish, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosini xalqaro media platformalari orqali keng targʻib qilish hamda qoʻshma ilmiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

 

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev xalqimizning boy madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targʻib etishga qoʻshgan munosib hissasi uchun ICESCO bosh direktori Salim al-Malikni Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

custom img

Narendra Modi 28-avgust kuni O‘zbekistonga keladi

Tashrifdan so‘ng Hindiston bosh vaziri ShHT sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga boradi.

custom img

Kaspiy tuguni: O‘zbekiston va Ozarbayjonning yagona logistika tizimi qanday shakllanmoqda

Boku porti Markaziy Osiyodan Yevropaga yuk tashishda muhim tranzit markaziga aylanishi kutilmoqda.

custom img

Tatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdi

Nijnekamskdagi dron hujumi oqibatida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham halok bo‘lgan edi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh mustaqilligining 250 yilligi bilan tabrikladi va uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

custom img

Narendra Modining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Baxtiyor Saidov Narendra Modining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Hindistondagi hukumat vakillari bilan muzokara o'tkazish uchun Nyu-Dehliga bordi.

custom img

Baxtiyor Saidov AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi

O‘zbekiston va AQSH strategik sherikligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

custom img

Issiqko‘lda Markaziy Osiyoda ilk bor F1H2O jahon chempionati bosqichi boshlandi

Ochilish marosimida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari ishtirok etdi.

custom img

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yagona taraqqiyot makonini shakllantirishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"