Siyosat

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini qabul qilib, unga davlat mukofotini topshirdi.

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi

 

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida davlat rahbari shayxulislom tomonidan tuhfa etilgan, O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining ikki tomonlama hamkorligini yorituvchi “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” kitobi uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Muloqot chog‘ida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy tarbiyasini yuksaltirish hamda diniy-ma’rifiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yosh avlodga zamonaviy usullar orqali yetkazish muhimligini qayd etdilar. Shu maqsadda raqamli platformalar, interaktiv ta’lim vositalari va ilmiy salohiyatni birlashtirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish taklif etildi.

 

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani musulmon dunyosida ilm-fan, ma’rifat va dinlararo totuvlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi.

custom img

Narendra Modi 28-avgust kuni O‘zbekistonga keladi

Tashrifdan so‘ng Hindiston bosh vaziri ShHT sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga boradi.

custom img

Kaspiy tuguni: O‘zbekiston va Ozarbayjonning yagona logistika tizimi qanday shakllanmoqda

Boku porti Markaziy Osiyodan Yevropaga yuk tashishda muhim tranzit markaziga aylanishi kutilmoqda.

custom img

Tatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdi

Nijnekamskdagi dron hujumi oqibatida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham halok bo‘lgan edi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh mustaqilligining 250 yilligi bilan tabrikladi va uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

custom img

Narendra Modining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Baxtiyor Saidov Narendra Modining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Hindistondagi hukumat vakillari bilan muzokara o'tkazish uchun Nyu-Dehliga bordi.

custom img

Baxtiyor Saidov AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi

O‘zbekiston va AQSH strategik sherikligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

custom img

Issiqko‘lda Markaziy Osiyoda ilk bor F1H2O jahon chempionati bosqichi boshlandi

Ochilish marosimida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari ishtirok etdi.

custom img

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yagona taraqqiyot makonini shakllantirishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"