O'zbekiston

Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyasida yangi bosqich

Saida Mirziyoyeva "Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonunning imzolanganini joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri deb baholadi.

Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyasida yangi bosqich

Prezident tomonidan "Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. 

 

Bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri hamda qariyb o‘n yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarimizning mantiqiy natijasidir, — deydi O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

 

Ushbu hujjat mamlakatda xalqaro standartlarga mos moliyaviy infratuzilmani shakllantirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash va O‘zbekistonning xalqaro kapital bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan muhim institutsional islohot hisoblanadi. 

 

Toshkent xalqaro moliya markazi hududida investorlar va moliyaviy tashkilotlar uchun alohida huquqiy rejim joriy etiladi. Markazda mustaqil moliyaviy regulyator, Toshkent xalqaro tijorat sudi va nizolarni hal etishning zamonaviy mexanizmlari faoliyat yuritadi. Bu esa xalqaro investorlar uchun huquqiy kafolatlar va barqaror biznes muhitini ta’minlashga xizmat qiladi. 

 

Yangi markaz bank va investitsiya xizmatlari, kapital bozori, sug‘urta, islom moliyasi, fintex, raqamli aktivlar, aktivlarni boshqarish, yuridik va konsalting xizmatlarini qamrab olgan zamonaviy moliyaviy ekotizim sifatida rivojlantiriladi. 

 

2030- yilgacha mazkur tashabbus orqali 20–25 mlrd AQSH dollarigacha qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilish, iqtisodiyotning yillik o‘sishiga qo‘shimcha hissa qo‘shish, 15 minggacha yuqori malakali ish o‘rni yaratish va 10 ming nafar mutaxassisning malakasini oshirish rejalashtirilgan. 

 

Bu esa xususiy sektorni rivojlantirish, innovatsion moliyaviy xizmatlarni kengaytirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

 

Toshkent xalqaro moliya markazining tashkil etilishi – O‘zbekistonning ochiq, raqobatbardosh va xalqaro moliyaviy tizimga chuqur integratsiyalashgan iqtisodiyotni barpo etish yo‘lidagi muhim strategik qadamidir.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"