O'zbekiston

Abituriyentlar uchun kirish test sinovlari sanalari e’lon qilindi

OTMga kirish testlari 10 kun davomida ikki smenada o‘tkaziladi.

Abituriyentlar uchun kirish test sinovlari sanalari e’lon qilindi

 

2026–2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

 

Test sinovlari har kuni ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00, ikkinchi smena esa 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin belgilangan hududga yetib kelishi lozim.

 

Test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz portali orqali taqdim etilmoqda. Abituriyentlar ruxsatnomani yuklab olib, chop etishlari tavsiya etiladi.

 

Test sinovlari faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan hudud, sana va smenada o‘tkaziladi. Boshqa joy, kun yoki smenada imtihonda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

 

Abituriyentlar test sinoviga pasport yoki ID-karta hamda chop etilgan ruxsatnoma bilan o‘z vaqtida kelishi shart. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Kelgusi yilgi Davlat budjetida mablag‘larning asosiy qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalarni obod qilishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

Ushbu investitsiyaviy nizo 2021-yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Ular mijozlarga o‘zlarini uy egalari yoki rieltorlar sifatida tanishtirgan.

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tun-u kun faoliyat yuritadigan “Ona va bola markazlari” tashkil etiladi.

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi IREX bilan jurnalistlar malakasini oshirish va media sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ta’minoti tizimi xodimlari bilan bog‘liq holatlarda ham qonunbuzilishlar aniqlanib, jumladan, bir xodimda 104 ta gaz balloni borligi qayd etilgan.

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Ijtimoiy tarmoqda tanishgan voyaga yetmagan qizni shantaj qilib, undan pul talab qilgan erkak aniqlandi.

Qozog‘istonga safarlar osonlashadimi? Ikki davlat chegaradan o‘tish tartibini muhokama qildi

Qozog‘istonga safarlar osonlashadimi? Ikki davlat chegaradan o‘tish tartibini muhokama qildi

QazETA tizimida o‘zbekistonliklarga imtiyoz berilishi mumkin.