O'zbekiston

Qozog‘istonga safarlar osonlashadimi? Ikki davlat chegaradan o‘tish tartibini muhokama qildi

QazETA tizimida o‘zbekistonliklarga imtiyoz berilishi mumkin.

Qozog‘istonga safarlar osonlashadimi? Ikki davlat chegaradan o‘tish tartibini muhokama qildi

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarning o‘zaro safarlarini osonlashtirish, jumladan, davlat chegarasini shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar yordamida kesib o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

11-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Qozog‘istonning mamlakatimizdagi elchisi Yeral Tugjanov bilan uchrashdi.

 

Muzokaralarda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, o‘zaro sayohatlarni yengillashtirish hamda davlat chegaralarini kesib o‘tishdagi to‘siqlarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

 

Xususan, chegaradan o‘tishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanish imkoniyati yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, Qozog‘istonda joriy etilayotgan QazETA elektron kirish ruxsatnomasi tizimida O‘zbekiston fuqarolari uchun ayrim imtiyozlar berish imkoniyati ham ko‘rib chiqildi.

 

Bundan tashqari, Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolarini uyushqoqlik bilan ishga joylashtirish, tegishli qonunchilik bazasini takomillashtirish va fuqarolarning ikki davlat hududida bo‘lishi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish va belgilangan yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Ijtimoiy tarmoqda tanishgan voyaga yetmagan qizni shantaj qilib, undan pul talab qilgan erkak aniqlandi.

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

O'zbekiston rahbari reytingda 40-o‘rinni egalladi va bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yuqori natija bo‘ldi.

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

15 yoshdan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega.

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram’dagi radikal guruh fosh etildi: 13 kishi uning a’zosi bo‘lgan

Telegram’dagi radikal guruh fosh etildi: 13 kishi uning a’zosi bo‘lgan

Guruhda “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi materiallar tarqatilgan.

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonlarida saqlash tartibi o‘zgaradi.

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Buxoroda muhofaza etiladigan hududda quyonni noqonuniy ovlagan besh fuqaro aniqlandi.