O'zbekiston

Ikki kichik sayyoraga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi

Xalqaro astronomik kataloglarda endilikda (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomli asteroidlar rasman qayd etildi.

Ikki kichik sayyoraga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi

 

Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo‘mitasi 2026-yil 9-iyul kuni e’lon qilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining ikki nafar olimi — Kamoliddin Ergashev va Otabek Burxonov nomi ikki kichik sayyoraga (asteroidga) berildi.

 

Mazkur nomlar WGSBN Bulletin’ning 6-jild, 11-sonida e’lon qilingan. Endilikda xalqaro astronomik kataloglarda ushbu osmon jismlari (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomlari bilan qayd etiladi.

 

2001-yil 19-may kuni Chexiyaning Ondrejov observatoriyasida kashf etilgan va avval 2001 KA2 belgisi bilan ro‘yxatga olingan asteroid Astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Kamoliddin Ergashev sharafiga nomlangan. Rasmiy izohda uning asteroidlar fotometriyasi, ravshanlik egri chiziqlarini tahlil qilish, asteroidlarning fizik xususiyatlari, shuningdek asteroid juftliklari, klasterlari va qo‘shaloq asteroid tizimlarini tadqiq etishdagi ilmiy ishlari alohida e’tirof etilgan.

 

Shuningdek, 1999-yil 13-oktabrda chexiyalik astronomlar tomonidan kashf etilgan va dastlab 1999 TO15 belgisi bilan ro‘yxatga olingan asteroid Astronomiya instituti laboratoriya mudiri Otabek Burxonov nomi bilan atalgan. Rasmiy ma’lumotda olimning optik fotometriya, asteroidlar, o‘zgaruvchan yulduzlar, gravitatsion linzalangan kvazarlar hamda Maydanak observatoriyasida gamma-chaqnashlarning keyingi optik kuzatuvlari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari yuqori baholangani qayd etilgan.

 

Mazkur qaror o‘zbekistonlik olimlarning astronomiya sohasidagi ilmiy izlanishlari xalqaro miqyosda e’tirof etilganining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"