O'zbekiston

O‘zbekistonda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi o‘zgaradi

Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davri amaldagi 5 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi.

O‘zbekistonda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi o‘zgaradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Takliflar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish, fuqarolarning pensiya jamg‘armalarini ko‘paytirish hamda pensiya hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutadi.

 

Unga ko‘ra, oylik ish haqi 7,6 million so‘mgacha (pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 15 baravarigacha) bo‘lgan fuqarolar ish haqining 5 foizini jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga yo‘naltirsa, davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda yana 2,5 foiz miqdorida mablag‘ ajratish taklif etilgan.

 

Shuningdek, oylik daromadi 7,6 million so‘mdan yuqori bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu chegaradan ortiq qism bo‘yicha to‘langan ijtimoiy soliqning 1 foizini ularning jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

 

Takliflar orasida pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davrini amaldagi 5 yildan 20 yilgacha uzaytirish hamda kam daromad olingan ayrim davrlarni hisob-kitobdan chiqarish ham bor.

 

Bundan tashqari, 2027-yildan boshlab pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqining eng yuqori chegarasini hozirgi 6 million so‘mdan 6,6 million so‘mga oshirish taklif qilinmoqda.

 

Prezident mazkur o‘zgarishlar millionlab fuqarolarning hayoti va kelajagiga daxldor ekanini ta’kidlab, har bir taklifning ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirini puxta hisoblash, shuningdek, masalani aholi, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar ishtirokida ochiq muhokama qilish zarurligini qayd etdi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"