O'zbekiston

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Mahkum ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi.

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

 

Mahkum ayollarning 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlarini maktabgacha ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish va ularning parvarishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida yangi tartib joriy etiladi.

 

Bu Prezidentning 2026-yil 12-noyabrdagi “Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–395-son qarorida belgilangan.

 

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-dekabrdan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Ona va bola markazi” maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi.

 

Ushbu tashkilotlarda 5 nafargacha bolani qamrab oladigan, kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi guruhlar yo‘lga qo‘yiladi. Bolalarning yashashi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoshiga mos rivojlanishi va kamol topishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

 

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar 21-son jazoni ijro etish koloniyasi va 42-son manzil-koloniyasi tomonidan Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va yumshoq anjomlar bilan ta’minlanadi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarning o‘z vaqtida emlanishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etadi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi esa har chorakda ona va bola uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, monitoring olib boradi.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Kelgusi yilgi Davlat budjetida mablag‘larning asosiy qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalarni obod qilishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

Ushbu investitsiyaviy nizo 2021-yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Ular mijozlarga o‘zlarini uy egalari yoki rieltorlar sifatida tanishtirgan.

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tun-u kun faoliyat yuritadigan “Ona va bola markazlari” tashkil etiladi.

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi IREX bilan jurnalistlar malakasini oshirish va media sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ta’minoti tizimi xodimlari bilan bog‘liq holatlarda ham qonunbuzilishlar aniqlanib, jumladan, bir xodimda 104 ta gaz balloni borligi qayd etilgan.

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Ijtimoiy tarmoqda tanishgan voyaga yetmagan qizni shantaj qilib, undan pul talab qilgan erkak aniqlandi.