Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Toskana gubernatori boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Tomonlar Toskana va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev Toskana gubernatori boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Italiyaning Toskana viloyati gubernatori Eujenio Jani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston–Italiya strategik sherikligini, ayniqsa savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar hududlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.

 

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 25 foizga oshgan. O‘zbekistonda metallurgiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati va boshqa tarmoqlarda Italiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Toskana o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar, Buyuk ipak yo‘li davridan boshlangan hamkorlik an’analari ham alohida ta’kidlandi.

 

Prezident Toskana bilan to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, zargarlik sanoati, qurilish, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish katta salohiyatga ega ekanini qayd etdi.

 

Shuningdek, Toskana va Buxoro viloyati o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan sheriklik aloqalari yuksak baholandi.

 

Uchrashuv yakunida Toskana va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi kutilmoqda

O‘zbekiston rahbarining tashrifi sobiq amirning vafoti munosabati bilan o‘tkaziladigan ta’ziya marosimlarida ishtirok etish maqsadida rejalashtirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoydagi tabiiy ofatlar qurbonlarining oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi.

custom img

ICESCO bosh direktori Salim al-Malik “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Joriy yilda Toshkentda ICESCO ofisi ochildi, Oʻzbekistonning 7 ta meros obyekti tashkilot roʻyxatiga kiritildi.

custom img

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini qabul qilib, unga davlat mukofotini topshirdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Aleksandr Lukashenko kuzatib qo‘ydi.

custom img

O‘zbekiston va Belarus strategik sheriklikni yo‘lga qo‘ydi, qator hujjatlar imzolandi

Tomonlar savdo, mehnat migratsiyasi, madaniyat, turizm, qishloq xo‘jaligi, fan va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentini O‘zbekistonga taklif etdi

O‘zbekiston va Belarus o‘zaro savdoni 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

custom img

Minskda O‘zbekiston Prezidenti rasmiy kutib olindi

Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"