O'zbekiston

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga rasmiy tashrifi doirasida Turkmaniston rahbariyati bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

2026-yil 14-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Ashxobod shahriga rasmiy tashrif bilan bordi.

 

 

Tashrif doirasida delegatsiyani Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qabul qildi. Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklari yetkazildi.

 

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanayotgani, siyosiy muloqot faollashgani hamda o‘zaro savdo hajmi barqaror o‘sayotgani qayd etildi. Tomonlar ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanini tasdiqladi.

 

Shuningdek, Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan tor doirada muzokaralar o‘tkazdi. Unda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar va chegaraoldi hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

 

Muzokaralar yakunida xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim hamda O‘zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

 

Tashrif doirasida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi ham bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbarlari topshiriqlari ijrosi, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

 

Tomonlar siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmi tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi muntazam muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"