O'zbekiston

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtidorli boshqaruvchilar, liderlar va yangi avlod rahbarlarini aniqlash hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda mamlakatda davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning zamonaviy ehtiyojlaridan kelib chiqib, boshqaruv kadrlarini tayyorlashning yangi tizimini joriy etish taklif etildi. 

 

Qayd etilishicha, sun’iy intellekt yordamida o‘tkazilgan tahlillar natijasida energetika, “yashil” texnologiyalar, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, raqamlashtirish hamda xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda 50 dan ortiq zamonaviy kasb bo‘yicha malakali rahbar kadrlarga ehtiyoj mavjudligi aniqlangan.

 

Yangi tizimga ko‘ra, nomzodlarni baholashda an’anaviy “obyektivka” usulidan voz kechilib, ularning bilim va tajribasi, strategik fikrlashi, psixologik xususiyatlari hamda liderlik salohiyatini qamrab oluvchi portfolio tizimi joriy etiladi. Istiqbolli boshqaruvchilar 100 ballik mezon asosida baholanadi, sun’iy intellekt yordamida ular uchun individual kasbiy rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, har ikki yilda 500 nafar istiqbolli boshqaruvchini saralab olish va 2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilgan.

 

Taqdimotda rahbarlik lavozimlari uchun zaxirani shaffof shakllantirish maqsadida “TOP-100” ochiq tanlovini o‘tkazish mexanizmi ham taqdim etildi. Tanlov agrar soha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, tadbirkorlik, sud-huquq, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Nomzodlar test, kompleks kasbiy baholash va suhbat bosqichlaridan o‘tadi, g‘oliblar esa maxsus tayyorgarlikdan so‘ng milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

 

Bundan tashqari, xorijda tahsil olayotgan yoshlarni davlat va xususiy sektor faoliyatiga jalb etish maqsadida 2026-yil 1-oktabrdan career.edu.uz platformasida “Xorijdagi talabalar” moduli ishga tushirilishi rejalashtirilgan. U orqali chet elda ta’lim olayotgan yoshlarning amaliyot o‘tashi, ish beruvchilar bilan hamkorligi va keyinchalik ishga joylashishiga ko‘maklashiladi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"