Sport

JCH—2026: Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi

19-iyul kuni Jahon chempionati finalida Ispaniya va Argentina chempionlik uchun bahs olib boradi.

JCH—2026: Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi

Argentina terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining ikkinchi yarim finalida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

AQShning Atlanta shahridagi Mercedes-Benz Stadiumda bo‘lib o‘tgan uchrashuvni amerikalik hakam Ismoil Elfat boshqarib bordi.

 

Hisob o‘yinning 55-daqiqasida Angliya hujumchisi Entoni Gordon tomonidan ochildi. Argentina 85-daqiqada Enso Fernandesning goli evaziga muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 2-daqiqada esa Lautaro Martines raqib darvozasini ishg‘ol qilib, Argentinaga g‘alaba keltirdi.

 

Uchrashuvda Lionel Messi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u 39 yosh-u 21 kunligida Jahon chempionati yarim finalida maydonga tushgan eng yoshi katta maydon o‘yinchisi sifatida tarixga kirdi.

 

Mazkur natija bilan amaldagi jahon chempioni Argentina ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaliga yo‘l oldi. 

 

Finalda Lionel Skaloni shogirdlari avvalroq Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

 

Final uchrashuvi 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda esa Angliya va Fransiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"