O'zbekiston

Xorazmda Rossiyada olib kelingan qariyb 1,3 kg gashish musodara qilindi

Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida narkokuryerlar xufiya joyga qoldirib ketgan 700 gramm gashishni olayotgan fuqaro qo‘lga olindi.

Xorazmda Rossiyada olib kelingan qariyb 1,3 kg gashish musodara qilindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida xorijdan olib kelingan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahrida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan, avval giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro Urganch xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

 

Tekshiruv davomida jo‘natma ichidagi turli shirinliklar orasiga shokolad ko‘rinishida yashirilgan 538 gramm “gashish” moddasi aniqlangan.

 

Yana bir holatda, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida poytaxtlik 45 yoshli fuqaro narkokuryerlar tomonidan mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilib, oldindan xufiya joyga yashirib ketilgan 700 gramm “gashish” moddasini qabul qilib olayotgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur jinoyatlarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” —  Zelenskiy

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Rossiya delegatsiyasi Donbassning Kiyev nazoratida qolayotgan hududlarini ham bosib olingan deb da’vo qilganini aytdi.

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

Ushrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.